Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-moliya yilida Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,5 milliard funt sterling (uch milliard dollardan ortiq) miqdorida harbiy yordam beradi, deyiladi Britaniya hukumati bayonotida.

Arxiv foto: Ukraina prezidenti ofisi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 12-yanvar kuni Kiyevga tashrifi arafasida harbiy yordam haqida e’lon qildi. Sunak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

E’lon qilingan mablag‘ning kamida 200 million funt sterlingi minglab dronlar, jumladan, razvedka, hujum va dengiz dronini sotib olish va ishlab chiqarishga sarflanadi. Britaniya hukumati bayonotida bu xarid Ukrainaga eng katta partiyada dron yetkazib berish deb ataldi. Bundan tashqari, moliyalashtirish Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi raketalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va artilleriya o‘q-dorilari bilan ta’minlaydi.

Hukumat saytida qayd etilishicha, Buyuk Britaniyaning yaqin ikki yil ichida Ukrainaga harbiy yordam sifatida ajratadigan mablag‘i 2022—2023-yillardagidan 200 million funt sterlingga ko‘p bo‘ladi.

Bundan tashqari, insonparvarlik yordami doirasida Buyuk Britaniya yana 18 million funt sterling (taxminan 23 million dollar) ajratadi, uning bir qismi BMT va Qizil Xochni qo‘llab-quvvatlash hamda Rossiya hujumlari fonida Ukrainaning energetika infratuzilmasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Zelenskiy va Sunak mamlakatlar o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashi rejalashtirilgan. Bu razvedka maʼlumotlarini almashish, kiberxavfsizlik, tibbiy va harbiy tayyorgarlik, mudofaa-sanoat hamkorligini o‘z ichiga oladi.

Rishi Sunak 2022-yil noyabrida, Buyuk Britaniya bosh vaziri sifatida Kiyevga birinchi marta kelganida London Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va’da qilgandi.

Jami hisobda Buyuk Britaniya Ukrainaga deyarli 12 milliard funt sterling ajratdi, unga bugun e’lon qilingan yordam paketi ham kiradi. Mamlakat, shuningdek, Kiyevga boshqa yordamlar, jumladan, Storm Shadow qanotli raketalari va Challenger 2 tanklarining eskadrilyalarini ham topshirgan.

AQSH Kongressda budjet bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sabab Ukrainaga moliyaviy yordam to‘xtatgani haqida eʼlon qilgach, Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevropa davlatlarini Kiyevga yordamni oshirishga chaqirdi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »