Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO davlatlari Shengen zonasining harbiy ekvivalentini joriy etish bo‘yicha ittifoqning iyul oyida Vashingtonda o‘tadigan sammitigacha kelishib olishi mumkin, deb yozadi The Times manbalarga tayanib.

Harbiy Shengen NATO harbiy xizmatchilariga alyansga a’zo davlatlarga deyarli vizasiz kirib-chiqish imkonini beradi. Nashrning yozishicha, shu maqsadda hozirda butun Yevropa bo‘ylab bir qator “harbiy yo‘laklar” yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Foto: Google Images

Nashr yozganidek, NATO uchun “jiddiy bosh og‘rig‘i” nafaqat davlatlar o‘rtasida, balki Germaniyaning turli qismlari o‘rtasida ham harbiy texnika almashinuvi va tashishni cheklovchi qoidalardagi cheklovlardir. Aniqlik kiritilishicha, transchegaraviy mashg‘ulotlar ko‘pincha “harbiy inqiroz yuzaga kelganda juda uzoq vaqtni talab qiladigan hujjatbozlikni talab qiladi”.

NATOning Logistika bo‘yicha qo‘shma qo‘mondonligi rahbari general Aleksandr Solfrank The Times gazetasiga bergan intervyusida alyans byurokratik to‘siqlar sonini kamaytirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi. Chunki hozirda bu bo‘yicha bir qator tushunarsiz to‘siqlar bor. Misol tariqasida u parashyutchilarga Yevropa Ittifoqiga aʼzo boshqa mamlakatlarning parashyutlaridan foydalanishi taqiqlanganini keltirib o‘tdi.

2023-yil oktyabr oyida Solfrank Rossiya bilan harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda alyans harbiylarining blok mamlakatlari bo‘ylab erkin harakatlanishiga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgandi. Kreml harbiy Shengen g‘oyasini Yevropadagi keskinlikni kuchaytiruvchi qaror, deb atagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »