Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida bedarak yo‘qolgan qiz topildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi

Foto: Surxondaryo IIB axborot xizmati

Unga ko‘ra, “Nurli diyor” mahallasida yashovchi fuqaro Abduraxmanova Oygul 27-yanvar kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda voyaga yetmagan qizi Tursunova Oydin 2024-yilning 5-yanvar kuni taxminan soat 16:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganini aytgan hamda uni topishda amaliy yordam so‘ragan.

Tursunova Oydin 2008-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, maktabda 9-sinf o‘quvchisi, Termiz tumani, “Nurli Diyor” mahallasida ota-onasi qaramog‘ida yashaydi.

Mazkur holat yuzasidan Termiz tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshirish davomida bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan Tursunova Oydin 28-yanvar kuni soat 22:00 larda Angor tumani, “Sharq Guli” mahallasi hududidan topilib, shu kunning o‘zida Surxondaryo viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish markaziga joylashtirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »