Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati Asaka tumanida 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi

Kadr: Telegram

Andijon viloyati Asaka tumani “Mirzaobod” mahallasida yashovchi, 2007-yilda tug‘ilgan Nazirova Zarnigor 2023-yilning 7-dekabr kuni yashash xonadonidan nomaʼlum tomon chiqib ketib, qaytib kelmagan va bedarak yo‘qolgan. Ushbu qidirilayotgan qiz haqida biror maʼlumotga ega bo‘lganlardan zudlik bilan 102 raqamiga yoki 93-7871747 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan. 

“Mening qizim 7-dekabr kuni maktabga ketyapman, deb chiqib ketgan. Iltimos, shu qizimni topishimda yordam beringlar. Zarnigorjon, jon qizim, asal qizim, qaytgin, bag‘rimizni ochib kutib olamiz seni. Jonim bolam. 18-yanvar kuni tug‘ilgan kuning, jonim bolam, birga nishonlaylik”, — deya yig‘lab murojaat qilgan qizning onasi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »