Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida salonida o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat FVBning “Daryo”ga xabar berishicha, yigitlarning murdasi topildi. 

Kadr: Telegram

Voyaga yetmagan M.I. tegishli hujjatlarsiz buvisi B.I.ga tegishli bo‘lgan qizil rangli Gentra ni Guliston tumani, “Inoqlik” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanali bo‘yidagi avtoyo‘lda boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida, mazkur kanalga tushib ketgan va yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Voyaga yetmagan M.I. yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan vaqtda mashinada yo‘lovchilar, uning sinfdoshlari voyaga yetmagan S.V., S.V., N.I. va D.N. bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganidan so‘ng, avtomashinadan M.I., N.I. va D.N. avtomashina oynalarini sindirib, suvdan chiqqan, biroq voyaga yetmagan S.V. va S.V. chiqolmagan. 

Gentra favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan Do‘stlik kanalidan olib chiqilganda, voyaga yetmagan S.V. va S.V.larning murdasi topilmagan. Hodisa joyiga 80 dan ortiq xodim jalb etilgan: FVBdan 50 nafar, IIBdan 11 nafar, Millliy gvardiyadan 7 nafar va boshqa xodimlar. 

Ikkita maxsus texnika ham jalb qilingan. Shuningdek, g‘avvoslar tomonidan 3,5 km masofada qidiruv ishlari amalga oshirilgan. Skayner radar apparatlari yordamida 17 km masofadagi hudud o‘rganib chiqilgan. Natijada 16-yanvar kuni soat 9:35 da egizaklardan biri mashina yonidan, yana biri esa shu kuni soat 10:20 da 300 metr uzoqlikdan topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »