Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoridagi bolalar ustida operatsiyalar anesteziyasiz o‘tkazilmoqda, bu haqda Gaslini shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi rahbari Andrea Moskatelli aytib o‘tdi.

Mahalliy Secolo XIX gazetasining xabar berishicha, Italiyaning Genuya shahridagi kasalxonaga Falastindan kelgan uch nafar qiz yotqizilgan. Umuman olganda, Italiya tibbiy yordamga muhtoj yuzga yaqin falastinlik bolalarni qabul qilmoqchi.

Foto: AP Photo

“Qizlarning ko‘zlarida azob-uqubatlarni ko‘rish mumkin, ular juda va juda ko‘p azob chekishdi. Ularning aytganlari ayni haqiqat ekanini yodda tutishimiz kerak. G‘azo sektoridagi operatsiyalar dala kasalxonalarida narkozsiz o‘tkazilmoqda”, — dedi Moskatelli. 

Italiya havo kuchlari samolyoti Rimning Champino aeroportiga 11 nafar falastinlik bolani olib keldi, ulardan faqat bittasi 18 yoshdan oshgan. Bolalar Genuya, Florensiya va Rimdagi shifoxonalarga davolanish uchun yotqizilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »