Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron besh banddan iborat Isroil va HAMAS urushini tugatish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Foto: Reuters

Mazkur reja garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni doimiy to‘xtatishni nazarda tutadi. Rejaga ko‘ra, G‘azodagi HAMAS yetakchilari, jumladan, Yahyo Sinvar ham sektorni tark etib, boshqa davlatga ketishi kerak.

“Biz qilmoqchi bo‘lgan narsa shuki, bu urushda tanaffusga erishilgandan so‘ng, uni doimiy sulhga aylantirish uchun ko‘p mehnat qilish kerak va haqiqatda sulhni to‘xtatishga olib kelishi mumkin bo‘lgan real narsalarga e’tibor qaratish lozim”, — deydi Kemeron.

Buyuk Britaniya o‘z rejasini boshqa tashabbuslarga qo‘shimcha deb hisoblaydi va uni AQSH, Yevropa va Arab hukumatlari bilan muhokama qilgan.

 “Sizda Falastin davlati uchun ancha aniq siyosiy ufq bo‘lishi kerak: G‘arbiy Sohil hamda G‘azo uchun yangi Falastin hukumati va HAMAS endi hech qachon Isroilga hujum qila olmasligi kerak”, — deydi Britaniya rasmiysi. 

Doimiy o‘t ochishni to‘xtatish zarurati bo‘yicha xalqaro konsensus va uzaygan Isroil-Falastin mojarosi bo‘yicha kelishuvga erishishga e’tibor qaratilayotganiga qaramay, urushni tugatish va yangi tinchlik jarayonini boshlash uchun jiddiy muammolar mavjud.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »