Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Netanyaxu AQSHning Falastin davlatini tuzish tashabbusini ochiqchasiga rad etdi. U Falastin davlatini yaratish g‘oyasi Isroil xavfsizligi bilan to‘qnash kelishini aytdi.

Foto: Anadolu
“Netanyaxudan keyingi kun haqida gapirayotganlar, aslida Falastin ma’muriyati bilan Falastin davlatini barpo etish haqida gapirmoqda, ular aynan shuni gaplashmoqda. Sizga shuni aytmoqchimanki, bugun Netanyaxudan keyingi kun emas, balki Isroil fuqarolarining ko‘pchiligidan keyingi kun. 30 yil davomida men juda sobit bo‘lib keldim va oddiy narsani aytaman — bu mojaro Falastin davlatining yo‘qligi emas, balki yahudiy davlatining mavjudligi masalasi”, — deb ta’kidladi u.

Netanyaxu Isroil “xavfsizligiga ziyon yetkazadigan” harakatlarga bosh vazir sifatida “yo‘q” deyishini aytdi:

“Kelajakda qanday kelishuv bo‘lmasin, Isroil Iordanning g‘arbiy qismidagi barcha hududda xavfsizlik nazorati o‘rnatilishiga muhtoj. Bu zaruriy shart va u suverenitet g‘oyasi bilan to‘qnashadi. Shunda sizning qo‘lingizdan nima keladi? Men bu haqiqatni amerikalik do‘stlarimizga aytyapman. Men Isroil xavfsizligiga ziyon yetkazadigan haqiqatni bizga singdirishlariga urinishni to‘xtatdim. Bosh vazir ittifoqchilarga “yo‘q” deyishni bilishi kerak – zaruratga qarab “yo‘q” yoki “ha” deya olishi kerak”.

Ko‘pgina davlatlar, shu jumladan, AQSH mintaqada barqaror tinchlik o‘rnatishning yagona yo‘li ikki davlat — Isroil va Falastin davlatlarining mavjudligi bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »