Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu videomurojaat orqali qilgan chiqishida Isroilning G‘azodagi maqsadi doimiy okkupatsiya emas, balki hududni “demilitarizatsiya” va “deradikalizatsiya” qilish ekanini aytdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Reuters

Shunday qilib, Netanyaxu birinchi marta hukumatning ayrim o‘ng qanot a’zolarining falastinliklarni G‘azoni tark etishga majbur qilish taklifiga qarshi chiqdi.

“Men bir nechta narsani aniqroq tushuntirmoqchiman: Isroil G‘azo sektorini doimiy ravishda okkupatsiya qilish yoki tinch aholini quvib chiqarish niyatida emas. Isroil Falastin aholisiga emas, HAMAS jangchilariga qarshi kurashmoqda. Maqsadimiz — G‘azo sektorini HAMASdan tozalash va garovga olinganlarni ozod qilish. Bunga erishilgandan so‘ng, G‘azoni qurolsizlantirish va deradikalizatsiya qilish, ham Isroil, ham falastinliklar uchun yaxshi kelajakka imkoniyat yaratadi”, — dedi u.

Bild harbiy eksperti Yulian Ryopkening so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektorining shimoliy qismida HAMASga qarshi operatsiyani deyarli yakunlagan. 

“8 mingga yaqin jangchi yo‘q qilingan, 30 mingga yaqin qurol qo‘lga olingan”, — deydi u. 

Shimolda HAMAS jangchilari Jabaliya, Beyt-Lahiya va G‘azo shahridagi hududlarda qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda. 

“Janubda, birinchi navbatda, Xon Yunis shahri uchun shiddatli janglar davom etmoqda. Isroil armiyasi sektorning janubiy yarmini yana ikki qismga bo‘lib, dengizgacha chiqishga muvaffaq bo‘ldi”, — deb yozadi Germaniyaning Bild nashri.

Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken G‘azo sektoridan aholining chiqarib yuborilishiga qarshiligini ta’kidlagandi. Bunga Isroil bosh vazirining yashirin muzokaralarda Misrga falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha bosim o‘tkazish iltimosi sabab bo‘lgandi. Mazkur xabarlar fonida Blinken 9-yanvar kuni Netanyaxu bilan uchrashgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »