Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning aytishicha, G‘azodagi urush uning mamlakatiga “juda qimmatga tushmoqda”.

Harbiy ma’lumotlarga ko‘ra, 22-dekabr juma kunidan beri hududda o‘ndan ortiq askar halok bo‘lgan va quruqlikdagi hujumlarning umumiy soni 154 taga yetgan.

23-dekabr Isroil armiyasi uchun yo‘qotishlar eng ko‘p bo‘lgan kun bo‘ldi. Ammo Isroil bosh vaziri kurashni davom ettirishdan boshqa “iloji” yo‘qligini ham ma’lum qilgan.

Foto: BBC

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi yakshanba kuni qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujumda 70 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri G‘azoda 20 000 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Bular asosan ayollar va bolalardir. Yana 54 000 kishi yaralangan.

Isroil askarlarining o‘limiga to‘xtalar ekan, Netanyaxu mamlakat G‘azodagi janglarning juda og‘ir kunini boshdan kechirganini aytib o‘tdi. Ammo u Isroil “oxirigacha to‘liq kuch bilan” davom etishini aytib, asosiy maqsad HAMASni yo‘q qilish va G‘azoda garovga olinganlarning xavfsiz qaytishini ta’minlashdan iborat ekanini yana bir bor ta’kidladi.

“Bu urush uzoq davom etadi”, deb qo‘shimcha qildi Isroil bosh vaziri.

Avvalroq HAMASning Isroilga hujumi chog‘ida garovga olingan besh nafar isroillikning jasadi G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahrida yerosti tunnelidan topilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »