Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “Hizbulloh” urushga kirishsa, Livan G‘azo taqdirini boshdan kechirishini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AFP
Agar “Hizbulloh” keng ko‘lamli urush boshlashga qaror qilsa, u o‘z qo‘llari bilan Bayrut va Janubiy Livanni G‘azo va Xon Yunisga aylantiradi”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Netanyaxu tegishli bayonotni Isroil shimoliga tashrif davomida e’lon qildi. Tashrifda unga mudofaa vaziri Yoav Galant va Isroil armiyasi bosh shtabi rahbari Gerzi Halevi hamrohlik qildi. Ular Livan chegarasidagi xavfsizlik holatini baholab, hududda xizmat qilayotgan piyoda va artilleriya bo‘linmalarining zaxiradagi askarlari bilan suhbatlashdi.

Bu kabi bayonot avvalroq Isroil mudofaa vaziri tomonidan yangragandi. Jumladan, Yoav Galant “Hizbulloh”ning urushga kirishi ortidan livanliklar G‘azo sektori aholisi bilan bir xil vaziyatga tushib qolishini aytgandi. 

Livan fuqarolariga murojaat qilaman: G‘azoda qirg‘oq bo‘ylab oq bayroqlar bilan yurib, janubga qarab harakat qilayotgan fuqarolarni ko‘rmoqdaman. “Hizbulloh” harakati ham xatoga yo‘l qo‘yib, Livanni urushga tortsa, livanliklar ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolishi mumkin. Agar “Hizbulloh” shunday xatoga yo‘l qo‘ysa, buning uchun birinchi navbatda Livan fuqarolari tovon to‘lashi kerak bo‘ladi. G‘azoda qilganimizni Bayrutda ham qanday qilishni bilamiz, — degan u.

Livan-Isroil chegarasida Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida to‘qnashuvlar 8-oktyabr kuni boshlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »