Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroilning HAMAS butunlay yo‘q qilinmaguncha urushni davom ettirish rejasiga shubha bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters

BMTning Dubaydagi iqlim konferensiyasi (COP28) doirasidagi matbuot anjumanida nutq so‘zlagan Fransiya rahbari Isroil hukumatini o‘z nuqtayi nazaridan realroq maqsadlar haqida o‘ylashga chaqirdi.

“HAMASni butunlay yo‘q qilish nima va kimdir bunday narsa amalga oshishi mumkin deb o‘ylaydimi? Agar shunday bo‘lsa, urush o‘n yil davom etadi. O‘ylaymanki, biz Isroil hukumati o‘z maqsadi va yakuniy holatini aniqroq belgilashi kerak bo‘lgan pallaga keldik”, — dedi Makron.

Fransiya prezidenti “butun bir hududni vayron qilish yoki barcha fuqarolik salohiyatini bombardimon qilish terrorchi guruh harakatlariga yaxshi javob” emasligini ta’kidladi.

HAMAS va Isroil o‘rtasidagi jangovar harakatlardagi bir haftalik sulhni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolganidan so‘ng, tomonlar jangni qayta boshladi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil barcha garovga olinganlarni ozod qilish, HAMASni yo‘q qilish va G‘azo sektoridan isroilliklar uchun yangi tahdidlarning oldini olishni ko‘zlayotganini aytdi.

Isroil va HAMAS sulhning buzilishida bir-birini ayblamoqda, bu kelishuv muddati tugashidan oldin 240 nafar falastinlik asir evaziga 80 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga imkon berdi. Harbiy harakatlar qayta boshlanganidan keyin Makron “uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirish” zarurligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »