Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushdan keyin G‘azo sektori Isroil armiyasi nazoratida qolishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Reuters

Netanyaxu matbuot anjumanida G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish kerakligini aytdi. 

“Buni ta’minlaydigan yagona kuch bu Isroil mudofaa kuchlari. Buning uchun hech qanday xorijiy kuch javobgar bo‘la olmaydi. Ko‘zlarimni yumib, boshqa taklifni qabul qilishga tayyor emasman”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Netanyaxu urushni tezroq tugatishga harakat qilayotgan Isroilning chet ellik do‘stlariga alohida murojaat qildi.

“Urushni tugatish va uni tezda tugatishning yagona yo‘li — HAMASga qarshi keskin kuch ishlatishdir”, — dedi u.

Shuningdek, Netanyaxu Isroil armiyasi bu maqsad sari muvaffaqiyatli harakat qilayotgani, xususan, HAMAS batalyoni komandirlarining qariyb yarmini allaqachon o‘ldirilganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »