Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning G‘arbiy Sohildan kelgan falastinliklarga ishsizlik nafaqasi to‘lash haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda isroillik manbalarga tayanib Axios xabar berdi.

Foto: Reuters

Xabarga ko‘ra, Muhammad bin Zoid Ol Nahayon kinoya bilan Isroil bosh vaziriga Zelenskiyga murojaat qilishni, sababi u “ko‘plab mamlakatlardan ko‘p pul olishini va yordam bera olishini” tushuntirgan.

BAA prezidentining javobi urushdan keyin G‘arbiy Sohil va G‘azo sektoridagi status-kvoni saqlab qolish uchun to‘lov to‘lamasliklarini bildirgan ko‘plab arab davlatlarining pozitsiyasini yana bir bor taʼkidlaydi.

“Arab davlatlari (Falastin hududlari — “Daryo” tahriri) tiklash uchun keladi va hozirda sodir bo‘layotgan voqealar uchun to‘lov to‘laydi, degan qarash orzudir”, — deydi amirlik rasmiysi Axios nashriga bergan intervyusida.

HAMAS hujumidan ko‘p o‘tmay, Isroil hukumati xavfsizlik nuqtayi nazaridan G‘arbiy Sohildan Isroilga kirishni yopgandi. Shunday qilib, G‘arbiy Sohilda yashagan, ammo urushdan oldin Isroilda ishlagan 100 000 dan ortiq falastinliklar endi o‘z ish joylariga bora olmadi.

Manbalarga ko‘ra, Netanyaxu bir necha hafta oldin Muhammad bin Zoidga falastinliklar uchun umumiy yordam so‘rab murojaat qilgan. BAA prezidenti yordam berishga tayyorligini aytgan, biroq amirliklar falastinlik ishchilarga maosh berishga tayyormi yoki yo‘qmi, degan savolga “hayratda qolgan”.

BAA rahbari buni qila olmasligini aytgan va keyin istehzo bilan Isroil bosh vaziriga uning o‘rniga Vladimir Zelenskiyga murojaat qilishni taklif qilgan va u ko‘plab mamlakatlardan ko‘p pul olayotganini, balki yordam berishi mumkinligini tushuntirgan.

“Quddus va Vashington BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari urushdan keyin G‘azo sektorini qayta qurish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishini istaydi”, — deydi Isroil va AQSH rasmiylari. 

Biroq, BAA ochiqchasiga G‘azo rekonstruksiyasi ikki davlat yechimiga qaratilgan kelishuvning bir qismi bo‘lmasa, to‘lamasligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »