Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya va arab davlatlari rahbarlari bilan Isroilning anklavdagi harbiy amaliyoti yakunlanganidan keyin G‘azo sektori qanday boshqarilishini muhokama qilmoqda. Bu haqda nomini oshkor etmagan AQSH rasmiylariga tayanib, Wall Street Journal xabar berdi.

Foto:  Blinken arab tashqi ishlar vazirlari bilan Iordaniyadagi yig‘ilishda / 2023-yil, 4-noyabr / AP Photo
“Davlat kotibi Entoni Blinken arab va turk rahbarlari bilan urush tugaganidan keyin G‘azo sektori qanday boshqarilishini muhokama qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Blinken 9-yanvar kuni Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan Isroil rasmiylariga, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxuga G‘azo sektorining bo‘lajak boshqaruvi bo‘yicha mintaqaviy ahamiyatga ega baʼzi g‘oyalarni taqdim qilishi mumkin.

Amerikalik rasmiylarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari G‘azo sektorini qayta qurishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin, biroq anklav Isroil tomonidan bosib olinsa, bunday qadamga rozi bo‘lmaydi.

Blinken 7-yanvar kuni Dohada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida G‘azo sektoridagi tinch aholi zarur sharoitlar yaratilgach, uyiga qaytishi kerakligini aytgandi. U G‘azodagi tinch aholini ko‘chirishga qarshi ekanini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »