Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH hukumati Isroilni G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyani Yangi yilga qadar yakunlashi zarurligi haqida xabardor qildi, deb yozadi The Economist o‘z manbalariga tayanib.

Jurnalga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari, katta ehtimol bilan, quruqlikdagi kuchlarga tayangan holda, harbiy kampaniyani davom ettiradi. Bunday ssenariyda Falastinning HAMAS harakati G‘azoning bir qismini nazorat qilishda davom etadi, deb yozadi The Economist.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH rasmiylarining pozitsiyasini davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda Isroilga qilgan tashrifi chog‘ida bildirgan.

Foto: Reuters

Ammo har ikki mamlakat rasmiylari AQSH ma’muriyati isroilliklar uchun biror-bir muddat belgilaganini rad etdi. 

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 7-oktyabrda boshlangan. Isroil hukumati qurbonlar sonini 1,4 ming kishi deb hisoblasa, Falastin hukumati 17 mingdan ortiq inson halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Noyabr oyi oxirida tomonlar 7 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldilar, biroq 1-dekabr kuni Isroil armiyasi G‘azodagi amaliyotlarini qayta boshladi.

8-dekabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilib, G‘arbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan zo‘ravonliklardan xavotirda ekanini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »