Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Falastinning HAMAS harakati bilan yangi sulhga erishmoqchi. Bu haqda Isroil hukumati vakili Eylon Leviga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Xabarga ko‘ra, G‘azo sektorida garovga olingan 137 kishini qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Isroil yangi vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatadi. Eylon Levi 7-oktyabr kuni HAMAS tomonidan garovga olingan barcha odamlarni ozod qilish Isroilning sektordagi operatsiyasidan maqsad bo‘lib qolayotganini aytdi. Isroil “ularning sektordan olib chiqilishi uchun vaqtinchalik pauza”ni ko‘rib chiqishi ta’kidlandi.

24-noyabrdan 1-dekabrgacha amalda bo‘lgan sulh davomida HAMAS garovdagi 240 dan ortiq kishidan 110 nafarini ozod qilgan. Bloomberg qo‘shimcha qilishicha, Isroil buning evaziga taxminan uch barobar ko‘p falastinlik mahbuslarni topshirgan. Ular orasida ayollar va bolalar mavjud.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlari oqibatida G‘azo sektorida qurbonlar soni 15,8 ming kishiga yetdi. Isroilliklar orasida 1,4 mingga yaqin odam qurbon bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »