Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Milliy xavfsizlik kengashi mamlakat fuqarolarini o‘nlab xorijiy davlatlarga, jumladan, O‘zbekistonga sayohat qilishda xavf darajasi oshishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: AFP

“G‘arbiy Yevropa (jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya), Janubiy Amerikaning ko‘plab mamlakatlari (jumladan, Braziliya va Argentina), shuningdek, Avstraliya va Rossiya uchun sayohat qilishda tahdid darajasi 2-darajaga ko‘tarildi, ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi”, — deyiladi tegishli hujjatda.

Isroil Afrika mamlakatlari, jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi va Eritreya, shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston kabi Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilish uchun uchinchi xavf darajasini belgiladi. Isroilliklarga ushbu mamlakatlarga zarur bo‘lmagan taqdirda sayohatlar rejalarini qayta ko‘rib chiqish maslahat berilgan.

“Isroil Milliy xavfsizlik kengashi ‘Temir qilichlar’ operatsiyasi boshlanganidan beri Isroil xavfsizlik kuchlari bilan bog‘liq vaziyatni doimiy ravishda baholab kelmoqda”, — deyiladi bayonotda. 

Kengashning qo‘shimcha qilishicha, tahdid darajasi barcha mamlakatlarni chuqur tahlil qilish natijasida tuzatilgan.

“Urush boshlanganidan beri Eron va uning hamkorlari, jumladan, HAMAS butun dunyo bo‘ylab isroilliklar va yahudiylarga qarshi tobora ko‘proq harakatlar amalga oshirmoqda. Bundan va butun dunyo bo‘ylab gijgijlash, hujum qilishga urinish va antisemitizm darajasi oshib borayotganidan kelib chiqib, Milliy xavfsizlik kengashi isroilliklarga har qanday zaruriy bo‘lmagan sayohatni qayta ko‘rib chiqishni yana bir bor tavsiya qiladi”, — deyiladi ogohlantirishda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »