Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer o‘zining so‘nggi intervyularidan birida mustaqil Falastin davlati tuzilishiga qarshi chiqqan. Bu haqda Politico xabar berdi.

Foto: Reuters

Uning fikricha, falastinliklar hali ham Isroilni yo‘q qilishga intiladi va Yaqin Sharqda barqaror tinchlik bo‘lmaydi. Amerikalik siyosatchi Isroil mojaroga barham berish uchun AQSHdan ko‘proq yordamga muhtojligini aytgan.

“Isroil sobiq bosh vaziri Ariel Sharon muammoni ikki davlat yechimi bilan hal qilish mumkinligini sinab ko‘rish uchun G‘azoni deyarli mustaqil qildi. Aslida, bu juda murakkab vaziyatga olib keldi. Oxirgi ikki yil ichida vaziyat 2005-yildagidan ancha yomonlashdi”, — degan Kissinjer 18-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan onlayn konferensiyada.

Sharon rejasiga ko‘ra, 2005-yilda Isroil G‘azo sektoridagi barcha yahudiy aholi punktlarini yopgan va u yerdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqqan. Taxminan ikki yil o‘tgach, sektordagi hokimiyat HAMAS harakati tomonidan to‘liq qo‘lga kiritilgan.

“Yaqin Sharqdagi yahudiylar va arablar o‘rtasidagi mojaroni ikki mustaqil davlat — Falastin va Isroilni yaratish bilan hal qilib bo‘lmaydi”, — degan Kissinjer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ikki davlatli yechim” Isroil va Falastin o‘rtasida barqaror tinchlikni kafolatlamaydi. Siyosatchi Falastinning bir qismi “Isroilni ag‘darib tashlashga qat’iy qaror qilishiga” ishongan. U G‘arbiy Sohilni Iordaniya nazoratiga o‘tkazish kerakligini aytgan. Kissinjer Isroil endi HAMAS bilan emas, arab dunyosi bilan muzokara olib borishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

“Isroil va Falastin o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar samarali bo‘lishini ko‘rmayapman”, — degan sobiq davlat kotibi.

U Isroil atrofdagi arab davlatlari bilan solishtirganda zaiflashganini bildirgan. Kissinjerning fikricha, hozirgi mojaroga barham berish uchun AQSHning faolroq ishtiroki zarur.

Bundan tashqari, siyosatchi Rossiyaning Yaqin Sharqdagi pozitsiyasiga baho bergan. U Ukrainada urush boshlanishidan oldin Rossiya Isroilni qo‘llab-quvvatlaganini aytgan.

“Agar Rossiya hozir aralashsa, uning ikkita yo‘li bor: arablar tomonida bo‘lish yoki inqirozda vositachi bo‘lish, bu Ukraina urushi nuqtayi nazaridan g‘alati bo‘lardi”, — deb hisoblagan Kissinjer.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »