Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoridagi tinch aholi zarur sharoitlar yaratilgach, uyiga qaytishi kerak. Bu haqda 7-yanvar kuni Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi. G‘azo tinch aholisiga mintaqani tark etishi uchun bosim o‘tkazishni qabul qilib bo‘lmaydi, dedi diplomat. 

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Iordaniyaga tashrifi chog‘ida Blinken G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat yomonlashganini ta’kidladi. U Isroilga bo‘lajak tashrifi chog‘ida rasmiylarga G‘azo sektorida tinch aholi qurbon bo‘lishining oldini olish uchun ko‘proq harakat qilish zarurligini aytmoqchi.

Shu bilan birga, AQSH Davlat departamenti rahbari mintaqadagi “chuqur keskinlik”dan xavotir bildirdi. Yaqin Sharq mojarosi “metastazalar” berishi va “ yanada ko‘proq beqarorlik va azob-uqubatlarga” olib kelishi mumkin, deb ogohlantirdi Blinken.

Yaqin Sharqdagi g‘arb diplomatlari

AQSH davlat kotibi Yaqin Sharq bo‘ylab safari doirasida Iordan daryosi G‘arbiy sohili, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Misrga ham tashrif buyuradi. Amerika diplomatining safari g‘arb davlatlarining mojaro avj olishi oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlari fonida amalga oshirilmoqda.

Xuddi shu kunlarda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ham mintaqada bo‘lib turibdi. Germaniya tashqi ishlar vaziri avvalroq Isroilni G‘azo sektoridagi tinch aholini himoya qilishga chaqirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »