Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorining markaziy qismidagi Al-Mag‘ozi qochqinlar lageriga zarba berdi, oqibatda 68 kishi halok bo‘ldi, deb yozdi HAMAS o‘zining Telegram-kanalida Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Foto: Anadolu

The Times of Israel nashri ham Al-Mag‘ozi o‘qqa tutilishi oqibatida 70 ga yaqin odam halok bo‘lganini yozdi. 

“Isroilning anklav markazi, Dayr al-Baloh sharqidagi Al-Mag‘ozi lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘ldi”, — deyiladi nashr xabarida.

Agar ushbu ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, bu zarba G‘azodagi joriy harbiy amaliyotlar ichida eng halokatlisi, deya qo‘shimcha qilgan nashr.

HAMASning “Al-Qassam” harbiy qanoti ma’lum qilishicha, so‘nggi to‘rt kun ichida 48 nafar isroillik askar halok bo‘lgan va yana o‘nlab isroilliklar yaralangan. HAMAS shuningdek, Isroilning 35 harbiy mashinasini to‘liq yoki qisman yo‘q qilganini aytdi.

Avvalroq Isroil armiyasi 23-dekabrda HAMAS bilan kunbo‘yi davom etgan to‘qnashuvlarda to‘qqiz nafar, urush boshlanganidan beri jami 485 nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning 7-oktyabrdan beri G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 20 258 kishiga yetdi, 53 688 kishi jarohat oldi. Vayronalar ostida yana minglab jasadlar qolib ketgani taxmin qilinmoqda. 

Isroil va Falastin o‘rtasidagi uzoq muddatli mojaro shu yilning 7-oktyabrida avj oldi. Tomonlar shu kungacha zarbalar almashishda davom etmoqda. Noyabr oyida Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasida to‘rt kunlik sulhga vositachilik qilgandi. 

24-noyabr kuni ertalab o‘t ochish to'xtadi, shundan so‘ng sulh ikki marta uzaytirildi — avvaliga ikki kunga, keyin yana bir kunga. 1-dekabr kuni ertalab uning muddati tugadi va janglar yana davom etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »