Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil harbiylari G‘azo shahrida HAMAS terrorchi yetakchilari, Yahyo Sinvar foydalangan tunnellarni portlatib yubordi. Bu haqda Isroil armiyasi bayonotiga tayanib, The Jerusalem Post xabar berdi.

Foto: Videodan kadr


Xabarga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari 20-dekabr kuni aniqlangan tunnellarning yashirin yerosti tarmog‘ini yo‘q qilgan. Yerosti inshootini vayron qilish Isroil armiyasi G‘azodagi HAMASga tegishli “rahbarlik kvartalini” o‘z nazoratiga olganidan keyin sodir bo‘lgan.

Isroil harbiylariga ko‘ra, tunnellar tarmog‘ida Falastin guruhining yuqori martabali amaldorlarining xonadonlari, idoralari va yashash xonalari bo‘lgan.

HAMAS yetakchilari Ismoil Haniya, Yahyo Sinvar va Muhammad Deyf ushbu tarmoqdan tashkilot faoliyati va G‘azo shahri markazi orqali harakatini nazorat qilish uchun foydalangan. Shu sababli hudud “Qo‘mondonlar maydoni” deb ataladi.

The Jerusalem Post gazetasi polkovnik Benni Aharonga iqtibos keltirishicha, tunnellar tinch aholidan olingan jihozlarni saqlash uchun ishlatilgan, bu esa HAMAS yetakchilariga u yerda uzoq vaqt yashirinish imkonini bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »