Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab HAMAS foydalanadigan tunnellarni suv bilan to‘ldirish va jangchilarni siqib chiqarish uchun yirik nasoslar o‘rnatgani ma’lum qilindi. BBC muxbiri buning ehtimolini baholadi. 

Foto: AFP

Holat yuzasidan Isroil harbiylariga murojaat qilingan. Ular bu xabarni tekshirayotganliklarini aytgan. BBC Isroilning HAMAS tunnellarini suvga to‘ldirishi ehtimolini mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan, biroq ayrim ma’lumotlar buning ehtimolini tasdiqlaydi.

2015-yilda Misr G‘azo chegarasidagi yuzlab tunnellar tarmog‘ini suvga to‘ldirish va kontrabanda savdosiga chek qo‘yish uchun O‘rta Yer dengizi suvidan foydalangan. AQSH rasmiylariga tayanib, Wall Street Journal gazetasining xabar berishicha, Isroil armiyasi o‘tgan oy o‘rtalarida G‘azo shahri shimolida beshta nasos o‘rnatishni yakunlagan. Ular bir necha hafta ichida Falastin hududidan o‘tuvchi tunnellarning katta tarmog‘ini suv bilan to‘ldirishi mumkin.

Bu HAMAS “xavfsiz joylarda va tunnellarda” yashirganini aytayotgan isroillik garovga olinganlar hayotini murakkablashtiruvchi omil bo‘ladi. Shuningdek, G‘azo sektorining yerosti suv qatlamiga zarar yetkazishi va asosiy suv ta’minotini ifloslantirishi mumkin.

2021-yildagi konfliktdan so‘ng Isroil armiyasi havo hujumlari natijasida 100 kilometrdan ortiq tunnellarni vayron qilganini aytgan. Shu bilan birga, HAMAS tunnellarining uzunligi 500 kilometr bo‘lganini va atigi 5 foizi shikastlanganini ma’lum qilgan.

“Hammasi bo‘lib mingdan ortiq shunday tunnellar mavjud, ularni 1300 ta deb atashadi. Tunnellarda HAMAS jangarilari barcha kerakli narsalar, jumladan, suv, oziq-ovqat, generatorlar, qurol omborlarini saqlaydi”, — deydi Siyosiy tadqiqotlar instituti direktori Sergey Markov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »