Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi Jabaliyadan “Erez” nazorat punkti yaqinidagi Isroil chegarasiga olib boruvchi HAMASning eng katta tunnelini aniqladi

Foto: Isroil armiyasi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, harbiy razvedka HAMAS jangchilari hatto transport vositalarida ham chegaraga deyarli yaqinlashishiga imkon beradigan ushbu tunnel mavjudligi haqida bilmagan. Chunki to‘rt kilometrlik yer osti yo‘li uch metr kenglikda bo‘lgan.

“Erez” nazorat-o‘tkazish punktidan 400 metr uzoqlikda joylashgan tunnelga kirish joyi yer ostidan chiqqan bir guruh HAMAS jangchilari tomonidan aniqlangan. Shundan so‘ng Isroil harbiylari yer osti o‘tish joyini o‘rgangan va u Jabaliyaga yetib borishini hamda ko‘plab tarmoqlari borligini aniqlagan. Ichkarida elektr, aloqa kabellari va kanalizatsiya tizimlari mavjud bo‘lgan.

Tunnel qurilishiga HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvarning ukasi Muhammad Sinvar boshchilik qilgan, qurilish maydonchasida Xon Yunisdan maxsus olib kelingan o‘nlab HAMAS “qazuvchilari” ishlagan. Tunnel 50 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, bu uni havo zarbalariga deyarli imkonsiz qiladi. Isroil armiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, strukturaning narxi millionlab dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »