Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon BRIKSning navbatdan tashqari sammitida barcha davlatlarni Isroilga qurol eksportini to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni 1967-yilgi chegaralarda Falastin davlatini yaratish uchun jiddiy va keng qamrovli tinchlik jarayoni boshlanishini talab qiladi.

“Qirollikning pozitsiyasi doimiy va mustahkamdir: Falastinda xavfsizlik va barqarorlikka erishishda ikki davlat qarori bilan bog‘liq xalqaro qarorlarni amalga oshirishdan boshqa yo‘l yo‘q”, — dedi Muhammad bin Salmon.

U Saudiya Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlarini qoralashini yana bir bor ta’kidlab, ularni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Muhammad bin Salmon G‘azoda sodir bo‘layotgan “shafqatsiz jinoyatlar” ularga barham berish uchun birgalikda harakat qilishni talab qilishini aytdi.

Saudiya Arabistoni falastinliklarni G‘azo sektoridan majburiy ko‘chirilishiga qarshi chiqib, sektordagi gumanitar sharoitning yomonlashuvini to‘xtatish uchun jamoaviy sa’y-harakatlarga chaqirdi.

“Saudiya Arabistoni 7-oktyabr kuni urush boshlanganidan beri G‘azo sektoridagi tinch aholini himoya qilish uchun tinimsiz sa’y-harakatlar qildi”, — deya qo‘shimcha qildi Muhammad bin Salmon.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »