Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorida Falastinning HAMAS guruhiga qarshi urushni to‘xtatish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan uchta shartni aytdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Foto: AP Photo

Gap quyidagi shartlar haqida ketmoqda

  • HAMASni yo‘q qilish;
  • G‘azoni demilitarizatsiya qilish;
  • Falastin jamiyatini deradikalizatsiya qilish.

Isroil bosh vazirining aytishicha, G‘azodan Isroilga hujum uchun baza sifatida boshqa hech qachon foydalanilmasligini ta’minlash uchun sektor atrofida vaqtinchalik bufer zona tashkil etish va Misr bilan chegara bo‘ylab tekshiruv mexanizmini joriy etish kerak.

“HAMAS yo‘q qilinib, G‘azo qurolsizlantirilib, Falastin jamiyati deradikalizatsiya jarayonini boshlagach, G‘azo qayta tiklanishi mumkin, shunda Yaqin Sharqda tinchlik istiqbollari haqiqatga aylanadi”, — dedi Isroil hukumati rahbari. “Biz to‘xtamaymiz, kurashni davom ettiramiz va yaqin kunlarda janglarni chuqurlashtiramiz. Bu uzoq davom etadigan jang bo‘ladi. Bizga sabr-toqat, birdamlik va maqsadlarimizga sodiqlik kerak”.

Netanyaxuning qo‘shimcha qilishicha, HAMAS G‘azo sektorida garovda ushlab turgan isroilliklarni “harbiy bosimsiz ozod qilib bo‘lmaydi”.

Avvalroq HAMASning Isroilga hujumi chog‘ida garovga olingan besh nafar isroillikning jasadi G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahrida yerosti tunnelidan topilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »