Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bir necha bor G‘arb yetakchilariga murojaat qilib, Misrga yuz minglab falastinlik qochqinlarni qabul qilish uchun bosim o‘tkazishni so‘ragan, biroq rad javobini olgan. Bu haqda manbalarga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, Netanyaxu 7-oktyabrdan buyon AQSH prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakka Misrni G‘azodan qochqinlarni qabul qilishga majburlash iltimosi bilan murojaat qilgan. Biroq uchala yetakchi ham Isroil bosh vaziri bilan suhbatda buni rad etgan va G‘azo aholisini Sinay yarimoroliga ko‘chirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda Isroil va uning G‘arbdagi asosiy ittifoqchisi AQSH o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kuchaymoqda. Eng muhimi, tomonlar mintaqaning kelajagi va harbiy harakatlar tugaganidan keyin anklavni kim boshqarishi borasida kelisha olmayapti. 

Netanyaxu so‘nggi paytlarda o‘z bayonotlarida mustaqil Falastin davlatini yaratish imkoniyatini tobora ko‘proq inkor etayotgan bo‘lsa-da, Bayden HAMAS yo‘q qilinganidan keyin birlashgan Falastin davlati yaratilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

“Netanyaxuning bu boradagi qat’iy pozitsiyasi, uning Isroil ichidagi siyosati keskin tanqidga uchragani bilan bevosita bog‘liq va ko‘plab tahlilchilar hatto jangovar harakatlar tugaganidan keyin u iste’foga chiqishini bashorat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »