Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jo Bayden HAMAS bilan urush bo‘yicha AQSH va Isroil rasmiylar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni omma oldida tan oldi. AQSH prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘azo sektorini bombardimon qilishda davom etib, xalqaro hamjamiyatning qo‘llab-quvvatlovini yo‘qotmoqda, shu sababdan Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumat HAMAS bilan urushga munosabatini o‘zgartirishi kerak, deb yozdi CNN.

Foto: Reuters

Bayden 2024-yilgi saylov kompaniyasi uchun donorlar bilan uchrashuvda aytishicha, hozir Isroil butun dunyo bo‘ylab misli ko‘rilmagan qo‘llab-quvvatlovga ega, ammo “nomaqbul bombardimon tufayli uni yo‘qotishni boshlagan”.

U Netanyaxu o‘z siyosatini o‘zgartirishi kerak, deb hisoblaydi. Biroq “Isroil tarixidagi eng konservativ” hukumat a’zolarining pozitsiyasi tufayli bu oson bo‘lmaydi, deb qo‘shimcha qildi Bayden.

Avvalroq Isroil bosh vaziri ham G‘azo sektorining kelajagi borasida o‘zining asosiy ittifoqchisi bo‘lgan AQSH bilan kelishmovchiliklarni birinchi marta ochiq tan olgandi.

“Ha, bizda HAMASdan keyingi kunlar borasida kelishmovchiliklar bor va umid qilamanki, ularni yengib o‘tamiz”, — deyiladi Isroil bosh vaziri matbuot xizmati bayonotida.

Netanyaxu G‘azo sektori va G‘arbiy Sohil nazorati ostidagi Falastin milliy ma’muriyatini yaratishga ruxsat beruvchi Norvegiya kelishuvlariga ishora qilib, Isroil “Oslo xatosini” takrorlashiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

2007-yildan beri G‘azo sektori amalda HAMAS nazorati ostida, Falastinning qolgan hududi — G‘arbiy Sohil esa hamon Fath yetakchisi Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin milliy ma’muriyati tomonidan boshqariladi. AQSH HAMAS mag‘lubiyatga uchragach, G‘azo sektori Falastin milliy ma’muriyati nazoratiga qaytishini yoqlamoqda.

Isroil rasmiylari bo‘lsa bu rejaga rozi emas.

“G‘azo Hamaston ham, Fathiston ham bo‘lmaydi”, — dedi Netanyaxu.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »