Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrell Isroilni Falastinning HAMAS guruhini tashkil etishni moliyalashtirganlikda aybladi.

Reuters xabariga ko‘ra, u bu haqda Ispaniyaning Valyadolid universitetidagi chiqishi chog‘ida aytgan. Diplomatning tushuntirishicha, shu yo‘l bilan Tel-Aviv Falastin milliy ozodlik harakati boshchiligida o‘sha paytdagi Falastin ma’muriyatini zaiflashtirishga uringan.

Foto: Google Images

Borrellning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishning yagona yo‘li alohida Falastin davlatini yaratishdir, biroq “Isroil boshqa variantni tanladi”.

Biz faqat tashqaridan o‘rnatilgan ikki davlat tuzish qarori tinchlik olib kelishiga ishonamiz, garchi Isroil bunga ko‘nmayotgan bo‘lsa ham, — dedi u.

Ma’lumki, Isroil hukumati muxoliflari va ba’zi jahon OAV Tel-Avivni HAMASni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblab keladi. Ayni paytda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bu ayblovlarni bir necha bor rad etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »