Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro hamjamiyat G‘azo sektoridagi Falastin aholisining azob-uqubatlariga barham berish uchun samarali choralar ko‘rishi kerak.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrell Bayrutdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“G‘azo sektorida doimiy sulh o’rnatish uchun zudlik bilan chora ko’rish zarur’’, — dedi u.

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrell Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish uchun Livanga kelgan.

Foto: Google Images

Avvalroq Jozep Borrell halok bo‘lish xavfi borlarga gumanitar yordam berishni ma’nosiz deb atagandi.

“Biz tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirishimiz kerak. Buning uchun esa insonparvarlik yordami hajmini oshirishimiz lozim. Lekin ertasi kuni halok bo‘ladigan odamga ovqat berishning ma’nosi yo‘q. Bombardimonlarni to‘xtatib, ko‘proq o‘limlarning oldini olishimiz kerak. Insonparvarlik yordami zarur, ammo bu yetarli emas”, — degandi u Barselonadagi O‘rta Yer dengizi forumi ittifoqi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »