Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Josep Borrel G‘azo sektorining Isroil nazoratiga o‘tishini qabul qilib bo‘lmas holat, deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqada YIning faolroq ishtiroki zarur.

Borrell Asharq al-Awsat arab gazetasiga bergan intervyusida Yevropaning ushbu mojarodagi pozitsiyasini tushuntiruvchi uchta tezisni aytib o‘tdi.

Foto: Reuters

Birinchidan, G‘azo sektoridagi Falastin xalqi boshqa hududlarga majburan ko‘chirilishi kerak emas. Ikkinchidan, anklav hududini qisqartirib bo‘lmaydi. Uchinchidan, G‘azo sektoridagi mojaro butun Falastin muammosi bilan birgalikda hal qilinishi kerak.

Mojarolarni hal qilish davrida G‘azo sektori hududi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasida belgilangan shartlar asosida Falastin tomonidan boshqarilishi kerak, dedi u.

Josep Borrel, shuningdek, arab davlatlari va Yevropa Ittifoqini kelishmovchiliklarni hal qilishda faolroq ishtirok etishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »