Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrell ertaga halok bo‘ladiganlarga gumanitar yordam ko‘rsatishni maʼnosiz deb hisoblashini, shu bois Falastin-Isroil mojarosini hal qilish uchun aniq qadamlar qo‘yish kerakligini aytib o‘tdi.

“Biz tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirishimiz kerak. Buning uchun esa insonparvarlik yordami hajmini oshirishimiz kerak. Lekin ertasi kuni halok bo‘ladigan odamga ovqat berishning ma’nosi yo‘q. Bombardimonlarni to‘xtatib, ko‘proq o‘limlarning oldini olishimiz kerak. Insonparvarlik yordami zarur, ammo bu yetarli emas”, — dedi u Barselonadagi O‘rta Yer dengizi forumi ittifoqi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Foto: Reuters

Forum bosh kotibi Nosir Komil, Ispaniya va Iordaniya tashqi ishlar vazirlari Xose Manuel Albares va Ayman Safadi bilan birga OAVga intervyu bergan Borrel hozircha doimiy sulh kelishuviga erishish ustuvor vazifa ekanini aytdi. Bundan tashqari, u HAMAS G‘azo ustidan harbiy nazoratni yo‘qotishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Falastin davlati g‘oyasini himoya qilib, Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari bu masalada muvaffaqiyatga erishish uchun yana uchta muhim jihatni sanab o‘tdi: Isroilning G‘azoni “qayta mustamlaka qilishiga” yo‘l qo‘ymaslik, G‘arbiy Sohildagi noqonuniy mustamlakachiligiga chek qo‘yish va Falastin maʼmuriyatiga G‘azoga qaytishga ruxsat berish.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »