Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevrokomissiya Ukrainaga yangi qurol yetkazib berishni moliyalashtirish uchun Yevropa jamg‘armasini kengaytirishdan iborat “xavfsizlik kafolatlarini” ishlab chiqdi va taklif qildi. Qaror 14–15-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan YI sammitida qabul qilinadi.

Bu haqda YI tashqi siyosat xizmati rahbari Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Foto: Reuters

“Ukraina bo‘yicha biz shu hafta oxirida Yevropa Ittifoqi sammitiga olib chiqiladigan ilg‘or xavfsizlik kafolatlarini taqdim etamiz. Vazirlar bizning qo‘llab-quvvatlashimizni yanada kengaytirishni muhokama qiladilar”, — dedi Borrell.

“Vazirlar menga sammitda xavfsizlik kafolatlarimizni taqdim etish vakolatini berishlari kerak, bu asosan Yevropa tinchlik jamg‘armasini kengaytirish va Yevropa Ittifoqi davlatlari va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlarni muvofiqlashtirishdan iborat”, — deya qo‘shimcha qildi Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »