Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hududda faoliyat yurituvchi o‘n nafar bosh shifokorni prezident topshirig‘ini bajarmaslikda ayblab, “kasalxona ‘kreslo’sini nikohlab olib, dorini ham ota-bobodan qolgan firmadan sotib olishga o‘rgangan ekansan”, degan ayblov bilan tanqid qildi. Va ularni ishdan olishga topshiriq berdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov xabar berdi. 

Bularning birortasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan mahalliy doriga shartnoma qilmagan. Bularga import dori kerak. Nimaga yig‘ilishga keldingiz unda? Davlat rahbarining topshirig‘ini qancha muhokama bo‘lishiga qaramasdan bajarmaslikka nima haqingiz bor? Kim sizlarga bunaqa vakolat berdi? Shunchalik ham noinsofmisizlar?, — deydi zalda tik turgan bosh shifokorlarga murojaat qilar ekan. 
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Zoir Mirzayev tilga olingan o‘n nafar bosh shifokor — Angren, Ohangaron shahar, Bekobod, Bo‘stonliq, Qibray, Quyi Chirchiq, Ohangaron, Piskent, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlarining tibbiyot birlashmalari boshlig‘ini ishdan olish haqida topshiriq berdi. 

Sultonbekov hammasini olib qolasiz va hammasining arizasini olasiz. Moliya boshqarmasi, ertaga guruh qilib, bular kim bilan shartnoma qilgan, necha so‘mdan dori olyapti? Qaysi import doriga shartnoma qilgan? Nega bularning fikri buzuq? Baho berasizlar. Men sizga prokuratura, departament va soliq — hammasidan odam qo‘shib beraman, — deydi hokim mas’ullarga topshiriq berar ekan. 
Zoir Mirzayev.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Viloyat rahbari bosh shifokorlarga yuzlanar ekan, “Ofshor va obnal firmalardan dori olayotganlarni bilmaydi deysizlarmi?”, deydi. 

Zoir Mirzayev viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga murojaat qilar ekan, “Bugun sog‘liqni saqlash vaziri bilan gaplashasiz va menga bularning masalasini hal qilib berasiz. Birorta odamning o‘rtasiga tushib, mana bunaqa desangiz, o‘zingizni ishdan olib tashlayman, janob sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, — deydi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Hokim tuman tibbiyot birlashmasi boshliqlarini kasalxona “kreslo”sini nikohlab olib, dorini ham ota-bobosidan qolgan firmadan sotib olishda ayblaydi. 

Bir umr kasalxonaning “kreslo”sini nikohlab olgan noinsof ikkita uchtang o‘tirib olib, dori-darmonni ham o‘zingning ota-bobongdan qolgan firmadan olishga o‘rgangan ekansan. Xalqqa xiyonat qilishga nima haqingiz bor? Kasalning kunidan, kasalning haqidan, kasal rizqini qirqib, qayerga bormoqchisan? Qanday baraka topmoqchisan? Bularning hammasi sabotaj, — deydi hokim. 

Toshkent viloyati hokimi, shuningdek, respublika shifoxonalari filiallarining bosh shifokorlari ham hududda joylashgani bois, belgilangan tartibga rioya qilishi kerakligini ta’kidlaydi. 

Hurmatli bosh vrachlar, Toshkentda turgan odaming o‘rtaga chiqadigan bo‘lsa, vallomating bo‘lsa ham gaplashaman. Bizga vatanparvarlar kerak. Rahbarimiz aytganlaridek, tajribasi bo‘lmasa ham, Vatanini yaxshi ko‘rsa, vatanparvar bo‘lsa, yuragi Toshkent viloyati uchun yonadigan bo‘lsa, kecha institutni bitirib kelgan bo‘lsa ham qo‘yamiz. Fikri to‘g‘ri, buzilib ulgurmagan hali, — deydi viloyat hokimi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »