Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev “Daryo” jurnalisti bilan suhbati davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilayotgan har bir qaror va farmoyishini viloyat hokimlari fikrini ham inobatga olgan holda imzolashini ma’lum qildi. 

Bugungi kunda davlat rahbarimiz qanday qaror yoki farmon chiqarsa, loyihasi bizga keladi. Fikr bildirib, tagiga viza qo‘yib, qo‘shimcha fikrlarimiz bo‘lsa, yozib beramiz. Bu ilgari bo‘lmagan. Ilgari qaror kelardi. Keyin ishlamay qoldi, nima bunaqa bo‘ldi bo‘lardi. Lekin hozir tepadan, shaxsan prezidentimizning o‘zlari tashabbuskor, bosh-qosh bo‘lyaptilarki, har qanaqangi qabul qilinadigan qaror, u maslahatlashgan, ko‘pchilik bilan kengashgan holda qabul qilinsa, xatodan holi bo‘ladi. Pastga tushib, buning aylanib ketishi ham oson bo‘ladi degan nuqtayi nazardan yondashuv bo‘lyapti. Shuning uchun bizda ham bu tabiiy hol. Nafaqat viloyat hokimlari tuman hokimlari bilan ham maslahatlashib turamiz, — deydi Zoir Mirzayev. 
Foto: “Daryo”

Toshkent viloyati hokimining ma’lumot berishicha, prezidentning mahallalar faoliyatiga doir qarori qabul qilinishidan avval viloyat hokimlariga ham yuborilib, uch marotaba muhokama qilingan. 

Foto: “Daryo”
Ijtimoiy himoya agentligi bo‘layotganida juda ko‘p, besh-olti marotaba muhokama bo‘lgan. O‘zlari (prezident Shavkat Mirziyoyev, Tahririyat izohi) ikki marotaba o‘tkazgan bo‘lsa, keyin pastda ham bo‘ldi. Hamma joyda aylanib, hattoki, fuqarolar fikri ham olib chiqildi. Yakunida o‘sha qaror qabul qilindi. Ana shundagina qaror xalqchil qaror bo‘ladi, — deydi viloyat hokimi. 
Foto: “Daryo”

Zoir Mirzayevga ko‘ra, xalq va uning vakillari fikri inobatga olinmay qilingan qaror uzoqqa bormaydi. 

Xalqchil qarorda xalqning fikri inobatga olingan bo‘lishi shart. Agar shunday bo‘lmasa, bu qaror pastga tushgach, to‘xtab qoladi, — dedi hokim.

Hokim suhbat davomida har yili Yangi yil bayrami arafasida qo‘l ostida faoliyat yurituvchi xodimlarining oilasi va bola-chaqasini bayram bilan qutlashi, o‘z faoliyatiga doimiy tarzda tanqidiy yondashishi, Telegram da unga murojaat qilib, shikoyat qilgan deputat va davlat rahbarining biror bir qarorni qabul qilishidan avval viloyat hokimlari bilan ham maslahatlashishi haqida ham gapirib berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »