Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev televizorda ko‘rinish berib, ajrashib ketgan turmush o‘rtog‘idan qizining to‘yida ko‘rinish berib, duo qilishini so‘ragan mushtipar ayolga to‘yona ulashdi. Bu haqda viloyat hokimining shaxsiy Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu video er-xotin o‘rtasidagi ajrimlar va oilaviy nizolarning oldini olish qanchalar muqaddas vazifa ekanligiga e’tibor qaratadi. Bugun paxta hosilining yig‘im-terimi mavsumi avjida. Zamira opa ham shu insonlar qatorida O‘rta Chirchiq tumaniga kelib, terimda ishtirok etayotgan ekan. 

Videoni ko‘rib, sizning yuragingizdan qanday tug‘yonlar kechgan bo‘lsa, men ham shunday qattiq ta’sirlandim. Izlab ko‘rsak, O‘rta Chirchiqqa Surxondaryodan kelib, terimda faol qatnashayotgan Zamira opa Shaymanova ekan. 

Afsuski, Zamira opaning oilasi uch yil burun darz ketgan. Eri uydan chiqib ketgani bo‘yicha qaytmagan. Yilda bir-ikki marta qishloqqa kelib, ko‘chada o‘g‘illarini ko‘rib, qaytib ketar, bundan qizining dili qattiq og‘rir ekan. Yaqinda to‘y. Qizning ko‘zlari esa otasining yo‘liga mushtoq.

Umid qilamanki, bu voqea o‘sha insonga ham saboq bo‘ladi va oilasi bag‘riga qaytadi. Biz bu holatni nazoratga oldik, xotin-qizlar va oila institutlari orqali qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Eng katta niyatim — er-xotin birgalikda qiz uzatib, elga to‘y berishganida biz ham xizmat qilib, uylarida mehmon bo‘lib, yoshlarga baxt tilashimiz nasib qilsin. Ishonamanki, xuddi shunday bo‘ladi, biz shunga harakat qilamiz.

Insonni qadrlash, unga hurmat-izzat ko‘rsatish, qiynalgan paytlarida yonida turib, yordam ko‘rsatish bugun davlat siyosatidir. Biz xalqimiz kutgan mana shu buyuk siyosatning oddiy bir ijrochisimiz, xolos, — deydi Toshkent viloyati hokimi jamoatchilikka bu haqda ma’lum qilar ekan.

Zamira Shaymanova.
Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyati hokimining vakili sifatida Zamira opa bilan ko‘rishgan O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimov to‘yona Surxondaryo viloyatigacha olib borib berilishini ma’lum qilgan.

Haqiqatan ham, hammani uyg‘otib yubordingiz, — deydi O‘rta Chirchiq tumani hokimi opaning qay tarzda televizorga chiqqanini eshitar ekan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »