Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimi, uning o‘rinbosarlari va hokimlikning barcha mas’ullarini vazifasidan ozod qilib, 47 nafar mansabdor o‘rniga yangi rahbar tayinlangani haqida gapirdi. Shuningdek, u bugungi kun rahbarlarining inqiroziga sabab bo‘luvchi holatlarni ham sanab o‘tdi. 

Rahbarning inqirozi nimada? Birinchi inqirozi — atrofidagi laganbardorlarga quloq sola boshganida. Ikkinchi inqirozi — odam ajratganida. Uchinchi inqirozi esa — xodimiga topshiriq berib, ijrosini so‘ramaganida. Topshiriq bersangiz-u, ijrosini so‘ramasangiz, siz xodimlaringiz uchun eng qulay rahbarsiz. Topshiriq berib, nazorat qilib, javobini so‘rasangiz, noqulay rahbarsiz. “Ey, bu bo‘lmaydi” deydi. “O‘zi topshiriq yozdirib, o‘zi hijjalab so‘rab o‘tiradi”, deydi.
Xodimga birinchi toifadagi rahbar kerak. Topshiriqni berib, uning ijrosini so‘ramaydigan rahbar juda qulay-da. Ayrim rahbarlar o‘tirib, to‘rt-besh yil ishlaganidan so‘ng rahbarning kirib-chiqadigan eshigi ham boshqa bo‘ladi. Oldidan chiqib ketsangiz, besh-oltita fuqaro o‘tiribdi, orqadan chiqib keting xo‘jayin, deb sizga yo‘l ko‘rsatib, xalqdan ajratib qo‘yadiganlar ham paydo bo‘ladi, — deydi Zoir Mirzayev bu haqda gapirar ekan. 

Toshkent viloyati hokimi rahbarlar inqirozi ularning ishidan zerikishiga ham olib kelishini qo‘shimcha qilgan. 

O‘zingiz ham quyi bo‘g‘inga o‘rganishga chiqishga zerikib qolasiz. “O‘tirgan joyimdan men bilaman-ku, u muassasa nima bo‘layotganini. Nima qilaman u yoqqa borib, hammasini tanisam, ular meni tanisa, nima qilaman bezovta qilib” deysiz. Bu lavozimdan zerikish, — deydi viloyat hokimi. 

Zoir Mirzayev Qibray tajribasi davom etishini ta’kidlagan. 

Buni islohot deymizmi, Qibray tajribasi deymizmi, bu hali davom etadi, yana takrorlayman shuni, — dedi viloyat rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »