Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimi o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari vazifasidan ozod qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 17-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimining o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari boshlab vazifasidan ozod qilinishi, ularning faoliyatiga huquqiy baho berilib, “toza” chiqsa, keyin ishini davom ettirishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Qibray tumanidagi huquq-tartibot idoralaridan tashqari barcha davlat tashkilotlarining rahbarlari ham lavozimidan ozod qilindi. Ularning faoliyatiga ham bir hafta ichida baho beriladi.

“Kadrlar bilan ishlashning “Qibray tajribasi” joriy qilinadi. Bo‘shagan o‘rinlarga, tuman tashkilotlariga tanlov asosida yoppasiga yoshlar ishga olinadi. Qibrayga shu tariqa “yangi qon” quyilmasa bo‘lmaydi”, — degan Zoir Mirzayev.

Sessiyada viloyat hokimi tumanda qariyb 20 ming fuqaro migrant sifatida xorijda bo‘lib turganini aytib, buni “Qibray uchun yarashmaydigan holat” deb aytgan. Tumanda olti oy yakuni bo‘yicha sanoat mahsulotlari, o‘tgan yilga solishtirganda, ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmagani, 8 ta korxona o‘z faoliyatini to‘xtatganini qayd etgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Aholi soniga nisbatan 84 ta sartaroshxona, go‘zallik salonlari singari xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari taqchil. KPI tizimi bo‘yicha tuman mahallalaridagi hokim yordamchilari umumiy 76 ball olgan, bu ko‘rsatkich viloyatda 13-o‘rin hisoblanadi;

“Salohiyatli tadbirkorlar Qibrayda oshkoralik, adolat bo‘lishiga ishonmaydi. Eksportyor korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘q. Natijada keyingi ikki yilda tumanda ishlayotgan 7 ta eksportyor korxona boshqa tumanlarga hisob raqamini ko‘chirib olib ketgan. Demak, ular bu yerdagi mutasaddilar bilan ishlashni xohlamagan”, — degan Zoir Mirzayev.

Hokim Qibrayda qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida juda ko‘p qonunbuzarlik, boshboshdoqlik borligini aytib, buni tartibga solish vaqti kelganini ta’kidlagan.

“Bugun Qibrayda 4 ming nafar bola uchun bog‘chada joy yo‘q. Maktabgacha taʼlimga qamrov 67 foiz, xolos. Bu Qibray uchun sharmandali holat emasmi? Tumandagi 16 ta mahallada bittayam bog‘cha yo‘q. Masalan, “Qurilish”, “May”, “O‘nqo‘rg‘on”, “Uymovut” singari mahallalarda bolalar uchun bog‘cha umuman yo‘q!”, — deb tanqid qilgan viloyat hokimi.

Qayd etilishicha, viloyatda eng ko‘p umumiy ovqatlanish shoxobchalari Qibrayda. Biroq ularning aksariyati rasman ishga olinmagan, nolegal ishlaydi. Mana shunday holatlar bandlik dasturlarining ijrosiga monelik qiladi. Zoir Mirzayev shu maʼnoda jamoatchilik, tuman deputatlari masalaga eʼtibor qaratishi zarurligini, Qibray tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi keskin kurashish kerakligi, shu maqsadda tuman hokimi raisligida maxsus ishchi guruh tuzish kerakligini aytgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, tumanda murojaatlar bilan ishlash holati ham ayanchli ekani ko‘rsatib o‘tilgan: 1697 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan atigi 8 foizi ijobiy hal etilgan, xolos.

“28 ta qabul, 128 ta fuqaro. Yaʼni bitta qabulda o‘rtacha 4 ta fuqaro qatnashgan. Hokim qabul o‘tkazsa, 4 nafar fuqaro kelibdi. Kim ishonadi bunga? Ko‘zbo‘yamachilikku bu?!”, — degan Zoir Mirzayev.

Yig‘ilishda Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimi lavozimiga Muzaffar Rashidov nomzodini tavsiya qilgan.

Mavzuga doir
Izoh

Shohista Abdurazzakova

18.08.2023, 17:56

kimnidir ishdan olish juda ham oson,bu yechim bo'la olmaydi undan ko'ra mavjud muammolarni hal qilish bo'yicha topshiriqlar ijrosini ta'minlash zarur, mehnat qonunchiligida ham yoppasiga ishdan olinsin degan modda kiritilmagan yurtimizda qonun ustuvor bo'lishini xoxlayman Zoir Mirzayev isgdan olish tartibida bir marta ogohlantirish va ikki marta xayfsan keyin ishdan olinish masalasi ko'riladi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »