Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Adliya maslahatchisi Muzaffar Rashidov Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Muzaffar Rashidov 1987-yili Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avgust boshlarida prezident Shavkat Mirziyoyev Qibray tumani hokimi va Yangiyo‘l tumani hokimi hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini lavozimidan olgandi.

Shuningdek, Odiljon Ataullayev Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Odiljon Ataullayev 1980-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2008-yil Andijon davlat universitetini tamomlagan. Lavozimga tayinlangunga qadar Nurafshon shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldin Ohangaron tumanining sobiq hokimi Zoir Mirzayevga birinchi o‘rinbosar bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »