Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning qabulida bo‘lgan fuqaro viloyatdagi zavodlarning birida ishga olishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani haqida gapirib, “40 million so‘mdan ishga olyapti”, dedi. Viloyat hokimi bunga javoban “Ushlab oldingizmi? (pora berayotganini deyilmoqda — tahririyat izohi) Olgan paytini ko‘rganmidingiz, pulni qayerga to‘ladi? Shuni yozib bering, prokurorga zo‘r ish ekan, o‘zim boshida turib, qamattiraman, shuni yozib bering”, dedi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining O‘rta Chirchiq tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida so‘z bordi.

Zoir Mirzayevning qabulida bo‘lgan ayol 29 yoshli o‘g‘li zavoddan nohaq ishdan bo‘shatilganini aytib, ishi sudda ko‘rilayotganini, o‘g‘li bir necha oydan beri ishga tiklanish uchun sudma-sud yurganini aytdi. Shuningdek, o‘zining ham yashash tarzi yomonligini, moddiy yordamga muhtojligini bildirdi.

Foto: “Daryo”
Korrupsiyani yozib bering, yaxshi aytdingiz. Otini yozing, kim berdi, kim oldi, shularni yozib bering, — dedi viloyat hokimi. 

Zoir Mirzayevning bunday talab qo‘yishini kutmagan fuqaro bu haqda odamlardan eshitganini, ammo o‘zi guvoh bo‘lmaganini aytib, “Ko‘rinadigan bo‘lsa, ular allaqachon ushlanar edi-yu”, dedi. Bu gapdan so‘ng Zoir Mirzayev unga “Bo‘lmasa gapirmang-da, birovning eriga, bolasiga tuhmat qilmang-da”, — dedi. 

Foto: “Daryo”

Viloyat hokimi qabulida bo‘lgan fuqaro muloqot davomida maqsadiga o‘tib, moddiy yordamga muhtojligini, uyi yo‘qligini, turmush o‘rtog‘i vafot etganini aytib, moddiy yordam so‘radi.

Murojaatga javob bergan Zoir Mirzayev murojaatchining oilaviy ahvoli, unga bunga qadar ham qandaydir yordam berilgan yoki berilmaganini o‘rganish maqsadida deputatlar ishtirokida o‘rganish olib borilishini, xulosaga ko‘ra murojaatchiga yordam berilishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »