Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2023-yil natijalari e’lon qilindi.  

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unda 180 ta davlat orasida O‘zbekiston 33 ball bilan 121-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini ikkitaga oshirib, reytingdagi o‘rnini 5 pog‘onaga yaxshilashga erishdi. 2022-yilda 126 o‘rinni egallagandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibining qayd etishicha, O‘zbekiston mazkur indeksda so‘nggi 7 yil davomida o‘sish sur’atlarini qayd etayotgan (2017-yilda 22 baldan 2023-yilda 33 ballgacha) davlat sifatida e’tirof etilgan.

Bu boradagi ijobiy o‘zgarishlar sifatida normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan turli aksilkorrupsiyaviy tartib-taomillarning ishlab chiqilgani, vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari samarali joriy etilgani qayd etilgan.

Shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari qo‘llanilgani ham alohida ta’kidlangan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan

  • Qozog‘iston 93-o‘rinda (3 pog‘ona yuqorilagan),
  • Qirg‘iziston 141-o‘rinda (1 pog‘ona pastlagan),
  • Tojikiston 162-o‘rinda (4 pog‘ona pastlagan),
  • Afg‘oniston 162-o‘rinda (4 pog‘ona pastlagan),
  • Turkmaniston 170-o‘rinda (1 pog‘ona pastlagan) qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Transparency International 2021-yilgi reytingida O‘zbekiston 2020-yilga nisbatan 6 pog‘onaga ko‘tarilib, 180 mamlakat orasida 140-o‘rinni egallagandi. Mamlakat 2020-yilda ham korrupsiya darajasi bo‘yicha Transparency International reytingida o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilab, reytingda 180 ta davlat orasida 146-o‘rinni egallagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »