Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik siyosatchi Boris Nadejdin Markaziy saylov komissiyasiga Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olinishi uchun imzolar topshirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Nadejdin nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun 100 va 105 ming imzo to‘plashi kerak edi. Shu bilan birga, Rossiyaning har bir hududidan ikki yarim mingdan ortiq imzo bo‘lmasligi lozim.

Foto: BBC
“Mana, Rossiya fuqarolarining 105 ming ta imzosi bo‘lgan qutilar, taʼkidlayman, Rossiya hududida to‘plangan, chunki Rossiyadan tashqarida bo‘lgan o‘n minglab fuqarolar ham biz uchun imzo qo‘yishgan. Biz bu imzolarni bu yerga olib kelganimiz yo‘q, lekin ularni alohida hisoblaymiz”, — dedi Nadejdin.

Boris Nadejdin urushga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan va Rossiya prezidentligi uchun kurashayotgan yagona siyosatchidir. U “Fuqarolik tashabbusi” partiyasi tomonidan ilgari surilgan.

Meduza manbalariga ko‘ra, Kreml Markaziy saylov komissiyasiga urushga qarshi har qanday siyosatchini saylovlarda ro‘yxatga olishga ruxsat berishga “tayyor emas”.

Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024-yil 15-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Hozircha to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: amaldagi prezident Vladimir Putin, LDPR rahbari Leonid Slutskiy, Rossiya Kommunistik partiyasi vakili Nikolay Xaritonov va “Yangi odamlar” partiyasi a’zosi Vladislav Davankov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »