Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Vladimir Putinning nomzodini Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga saylovda ishtirok etishi uchun ro‘yxatga oldi.

Foto: Kremlin

Putin Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ro‘yxatga olingan to‘rtinchi nomzod bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.

Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi “Rossiya Liberal-demokratik partiyasi” rahbari Leonid Slutskiy, Davlat Dumasi vitse-spikeri, “Yangi xalq” partiyasi aʼzosi Vladislav Davankov, shuningdek, Davlat dumasi deputati (Rossiya Kommunistik partiyasi fraksiyasidan) Nikolay Xaritonovni nomzodlar sifatida ro‘yxatga olgandi. 

Putin saylovda o‘zini o‘zi ko‘rsatgan nomzod sifatida qatnashmoqda. Shu bilan birga, uni rasman “Yagona Rossiya” partiyasi qo‘llab-quvvatlaydi.

Vladimir Putin beshinchi muddatga prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishini  8-dekabr kuni ma’lum qildi, 18-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirdi.

Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15—17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »