Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddati uchun o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda u Kremlda “Rossiya Qahramonlari”ni taqdirlash marosimidan so‘ng ma’lum qildi.

Foto: Reuters

“RIA Novosti” muxbirining xabar berishicha, bu haqda Putin Ukrainadagi urush ishtirokchisi, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk Xalq Respublikasi parlamenti spikeri Artem Jogaga ma’lum qilgan.

“Prezident nomzodni ko‘rsatish borasidagi bizning iltimosimizni eshitganidan juda xursandmiz, butun Rossiya uni qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Joga jurnalistlarga.

U frontdagilarning hammasi Putin saylovda qatnashishi yoki yo‘qligi borasida xavotirda bo‘lgani, shuning uchun bu haqda Rossiya prezidentidan so‘raganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 7-dekabr kuni Federatsiya kengashi navbatdagi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 2024-yilgi prezident saylovini uch kun davomida: 15—17-mart kunlari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »