Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidenti uchun saylovni “maxsus harbiy operatsiya” (Rossiya rasmiylari Ukrainaga bosqinni shunday ataydi) tufayli vaqtincha bekor qilishni taklif qildi. Bu haqda Qodirov Grozniyda Vladimir Putinning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan fleshmob chog‘ida aytdi.

Foto: “Chechenya.gov”
“Men hozir, MHO davom etayotganda, bir ovozdan saylovda bitta nomzod bo‘lishi haqida qaror qabul qilishni taklif etaman — Vladimir Vladimirovich Putin. Yoki saylovlarni vaqtincha bekor qiling, chunki bugun mamlakatimizni himoya qila oladigan boshqa odam yo‘q”, — dedi Qodirov.

Vladimir Putin 7-oktyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonladi, u 71 yoshga to‘ldi.

Putin 2024-yilgi saylovlarda ishtirok etishi haqida hali rasman e’lon qilmagan. Biroq, Meduza manbalariga ko‘ra, Kremldagilar uning qayta saylanishini taxmin qilmoqda.

Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024-yilda bo‘lib o‘tadi. Rossiya prezidenti ma’muriyati Putin saylovlarda 80 foizdan ko‘proq ovoz olishi kerak, deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »