Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kasalligi haqida mish-mishlarga izoh berdi. Siyosatchi o‘zining Telegram kanalida tegishli ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Foto: grozny.tv

Ramzan Qodirov Checheniston davlat dumasi deputati Adam Delimxonov bilan birga Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonada bo‘lganini tasdiqladi.

“Do‘stlar, shu kunlarda oilamiz amakimiz Magomed Abdulxamidovich Qodirov haqida juda xavotirda. Yaratganga hamdlar bo‘lsin, u tuzalmoqda. Moskvaga ish safarim chog‘ida birinchi bo‘lib Markaziy klinik shifoxonaga bordim, uni yaxshi kayfiyatda ko‘rdim”, — deb yozadi Qodirov.

Shuningdek, Checheniston rahbari sog‘lig‘i bilan bog‘liq mish-mishlarga izoh berdi.

“Men tirikman va sog‘lomman. Hatto kasal bo‘lganimda ham nega shov-shuv bo‘lishi kerakligini tushunmayapman”, — dedi u.

Checheniston rahbarining kasalligi haqidagi mish-mishlar

Qodirovning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani haqidagi mish-mishlar 2023-yilning bahorida paydo bo‘lgandi. Bunga Checheniston rahbarining o‘zgargan qiyofasi sabab bo‘lgan. Jumladan, u juda ko‘p vazn olgan, yuzlari shishgan va nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shundan so‘ng buyrak bilan bog‘liq muammolar haqidagi versiyalar paydo bo‘lgan. Muammolar zaharlanish natijasida yuzaga kelgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Checheniston rahbari ko‘p vaqtini xorijda o‘tkazib, respublikani boshqarishdan uzoqlashmoqda. O‘z navbatida, Ramzan Qodirov bedavo dardga chalingani haqidagi mish-mishlarni rad etib keladi.

U avvalgidek sport bilan shug‘ullanishi, tog‘larga chiqishi, Chechenistonni rivojlantirishdagi muhim masalalarni muhokama qilish bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlagandi. Bundan tashqari, u qo‘lida tibbiy asbob emas, balki elektron tasbeh borligini tushuntirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »