Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya ommaviy axborot vositalari Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning kasalligi va o‘limi haqidagi mish-mishlar fonida uning samolyoti Moskvaga uch marta uchganini aniqladi.

Foto: “Agenstvo”

Parvoz kuzatuvchilardan biriga ko‘ra, RA-73417 raqamli biznes-jet 15-sentabr, juma kuni taxminan soat 14:10 da Grozniydan Moskva yo‘nalishiga havoga ko‘tarilgan. Samolyot transponderi Volgograd osmonida signal uzatishni to‘xtatgan, shuning uchun parvozlarni kuzatish xizmatlari uning qo‘nishini qayd etmagan.

Biroq, ushbu biznes-jetning marshruti Moskvaga amalga oshirilgan boshqa reyslarga mos keladi. So‘nggi bir yil davomida Qodirovning samolyoti Rossiyaning boshqa shaharlariga parvoz qilmagan, ikki marta Sankt-Peterburgga parvozdan tashqari. Bundan tashqari, ushbu parvozdan oldin Qodirovning samolyoti sentyabr oyida yana ikki marta — 6 va 9-da Moskvaga uchgan.

RA-73417 raqamli samolyoti 17-sentabr kuni kechqurun Moskvadan Grozniyga parvoz qilgan. Shunday qilib, bort Rossiya poytaxtida 3 kun bo‘lgan.

Ayni vaqtda Rossiya OAVlari 17-sentabr, yakshanba kuni ertalab Moskvadagi Prezident ma’muriyati markaziy klinik shifoxonasi hududiga chechen davlat raqamlariga ega avtomobillar kelganini da’vo qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »