Qodirovning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani haqidagi mish-mishlar 2023-yilning bahorida paydo bo‘lgandi. Bunga Checheniston rahbarining o‘zgargan qiyofasi sabab bo‘lgan. Jumladan, u juda ko‘p vazn olgan, yuzlari shishgan va nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shundan so‘ng buyrak bilan bog‘liq muammolar haqidagi versiyalar paydo bo‘lgan. Muammolar zaharlanish natijasida yuzaga kelgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Checheniston rahbari ko‘p vaqtini xorijda o‘tkazib, respublikani boshqarishdan uzoqlashmoqda. O‘z navbatida, Ramzan Qodirov bedavo dardga chalingani haqidagi mish-mishlarni rad etib keladi.

U avvalgidek sport bilan shug‘ullanishi, tog‘larga chiqishi, Chechenistonni rivojlantirishdagi muhim masalalarni muhokama qilish bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlagandi. Bundan tashqari, u qo‘lida tibbiy asbob emas, balki elektron tasbeh borligini tushuntirgan.