Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bor. Unga buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi. Bu haqda rossiyalik muxolifatchi va Davlat dumasi sobiq deputati Gennadiy Gudkov Chechenistondagi yuqori martabali manbalarga tayanib xabar berdi.

Foto: “TASS”

Manbalarga ko‘ra, Qodirovning muammolari shu qadar jiddiy bo‘lganki, u buyrak transplantatsiyasini talab qilgan. Operatsiya muvaffaqiyatsiz tugagan va buyrak “rad etishni” boshlagan.

“Men taniqli chechenlarga qo‘ng‘iroq qildim va so‘radim: Uning haqiqatan ham sog‘lig‘i yomonmi? Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, uning buyraklari bilan bog‘liq muammolari bor. Hatto operatsiya, transplantatsiya ham bo‘lib o‘tgan, lekin u muvaffaqiyatsiz kechgan, go‘yoki qandaydir yiringlash boshlangan. Uning sog‘lig‘i juda yomon”, — dedi Gudkov.

Qodirovning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani haqidagi mish-mishlar 2023-yilning bahorida paydo bo‘lgandi. Bunga Checheniston rahbarining o‘zgargan qiyofasi sabab bo‘lgan. Jumladan, u juda ko‘p vazn olgan, yuzlari shishgan va nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shundan so‘ng buyrak bilan bog‘liq muammolar haqidagi versiyalar paydo bo‘lgan. Muammolar zaharlanish natijasida yuzaga kelgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Checheniston rahbari ko‘p vaqtini xorijda o‘tkazib, respublikani boshqarishdan uzoqlashmoqda. O‘z navbatida, Ramzan Qodirov bedavo dardga chalingani haqidagi mish-mishlarni rad etib keladi.

U avvalgidek sport bilan shug‘ullanishi, tog‘larga chiqishi, Chechenistonni rivojlantirishdagi muhim masalalarni muhokama qilish bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlagandi. Bundan tashqari, u qo‘lida tibbiy asbob emas, balki elektron tasbeh borligini tushuntirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »