Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Ukrainaga yordam kamaygan taqdirda, Germaniyaning bir o‘zi Ukraina tomoni uchun zarur bo‘lgan barcha narsani ta’minlay olmaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Bundestagda 2024-yilgi budjetni qabul qilishga bag‘ishlangan debatda aytib o‘tdi.

Ukraina bir oydirki AQSHdan yordam olmayapti, chunki Respublikachilar qarshiligi tufayli Kongress prezident Jo Baydenning Kiyev uchun so‘ragan 61 milliard dollarini ma’qullay olmayapti.

Foto: Google Images

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 50 milliard yevrolik uzoq muddatli yordam dasturi shartlarini muhokama qilmoqda, avvalroq Vengriya unga veto qo‘ygandi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ertaga, 1-fevral kuni bu borada yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda. Olaf Shols AQSH va Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam berishni oxir-oqibat ma’qullashiga ishonch bildirdi.

“Ammo bir lahza tasavvur qiling, agar Ukrainaga yordam bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Germaniya Ukrainaga dunyodagi eng yirik qurol yetkazib beruvchiga aylanadi. Hurmatli do‘stlar, biz xalqaro miqyosda bu vaziyatning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak, chunki yolg‘iz o‘zimiz bardosh bera olishimizga ishonish qiyin”, — dedi Olaf Shols. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »